Mirziyoyev Xitoydagi portlash qurbonlari uchun hamdardlik bildirdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi portlash qurbonlari uchun Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgan va jiddiy jarohat olgan.

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi. Shuningdek, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini bildirdi.

Qaynoq24.uz Xitoydagi ko‘mir konida portlash oqibatida 90 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Portlash Shansi provinsiyasidagi Lyushenyu ko‘mir konida sodir bo‘lgan. Kon Tunzhou Group kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan 19:29 da yuz bergan. O‘sha paytda konda 247 nafar ishchi bo‘lgan. Voqea joyiga yuzlab qutqaruvchilar yuborilgan. Davlat OAVlari tarqatgan kadrlarda tez yordam mashinalari va zambil ko‘targan tibbiyot xodimlari ko‘ringan. 100 nafardan ortiq odam shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.