Vengriya Xalqaro jinoyat sudidan chiqish qarorini bekor qiladi

Foto: Anadolu
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Vengriya hukumati mamlakatning Xalqaro jinoyat sudidan chiqish rejalarini bekor qilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Peter Madyar X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Vengriyaning Xalqaro jinoyat sudidan chiqish niyatini qaytarib oladi. Shuningdek, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga taqiq joriy etiladi.

Mazkur masala ilk bor 2025-yilda keskin muhokama qilingan edi. O‘sha paytda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuga nisbatan hibs orderi mavjud bo‘lishiga qaramay, u Budapeshtga rasmiy tashrif bilan borgandi. Shundan so‘ng o‘sha davrdagi bosh vazir Viktor Orban mamlakat Xalqaro jinoyat sudidan chiqishini e’lon qilgan.

2025-yil 20-may kuni Vengriya Milliy assambleyasi sud tarkibidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Rejaga ko‘ra, jarayon 2026-yil 2-iyunda yakunlanishi kerak bo‘lgan. Biroq 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlardan keyin hokimiyatga kelgan Peter Madyar Budapesht suddan chiqish jarayonini to‘xtatishini bildirgan edi. Endi esa hukumat bu qarorni rasman bekor qilmoqda.

Xalqaro jinoyat sudi Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan bo‘lib, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadi. Vengriya qarori Yevropa siyosatida muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda.

Qaynoq24.uz Vengriyada sobiq vazirlik binosidan maydalangan hujjatlar topilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.