Kongo va qo‘shni davlatlarda Ebola xavfi kuchaymoqda: nimalar ma’lum

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kongoda Ebola virusining yangi tarqalishi bo‘yicha vaziyat og‘irlashmoqda. Dam olish kunlari holatiga ko‘ra, mamlakatda 867 ta kasallanish holati qayd etilgan.

Ulardan 204 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Kasallikning Bundibugyo shtammi uchta viloyatda aniqlangan. Tibbiyot xodimlari kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni kuzatishga ulgurmayapti. Bu esa virusning yanada keng tarqalish xavfini oshirmoqda. Vaziyatni murakkablashtirayotgan omillardan biri ushbu shtammga qarshi tasdiqlangan vaksina yo‘qligidir. Shuningdek, uni antitana preparatlari bilan davolash imkoniyati ham cheklangan.

Kongodagi shifoxonalarda ta’minot bilan bog‘liq muammolar ham bor. Ayrim tibbiyot muassasalarida oddiy niqob va qo‘lqoplar yetishmayapti.

Kongo, Uganda va Janubiy Sudan rasmiylari keng ko‘lamli epidemiya xavfi haqida ogohlantirmoqda. Bunga chegaralardagi nazoratning sustligi va aholining faol migratsiyasi sabab bo‘lishi mumkin.

Bundibugyo shtammi ilk bor 2007-yilda aniqlangan. U Zaire ebolavirus shtammiga qaraganda kamroq uchraydi. Shu sababli u hali yetarlicha o‘rganilmagan. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu shtamm yuqori o‘lim darajasi bilan bog‘liq. Hozircha unga qarshi maxsus vaksina mavjud emas. Davolash asosan bemor holatini qo‘llab-quvvatlash va asoratlarni nazorat qilishga qaratiladi.

Ebola havo-tomchi yo‘li bilan yuqmaydi. Infeksiya kasallangan odamning biologik suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali tarqaladi.

Qaynoq24.uz JSST Kongodagi Ebola xavfini «juda yuqori» deb baholagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.