O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimizdagi yig‘inlarini yakunlab, AQShga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
UFA ma’lumotiga ko‘ra, milliy jamoa Toshkentdagi tayyorgarlik yig‘inidan so‘ng Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan. Shundan keyin futbolchilar FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga uchib ketgan.



Jamoa Toshkent — Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qildi. Milliy terma jamoa AQShda mundialga so‘nggi tayyorgarlik bosqichini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Qaynoq24.uz Mirziyoyev bugun milliy terma jamoani JCHga kuzatish marosimida ishtirok etgani haqida yozgan edi.

