Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston futboli tarixidagi muhim voqea, milliy jamoaning jahon chempionatiga yo‘l olishi nishonlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Shu bois mazkur marosim mamlakat sport hayotidagi tarixiy tadbirlardan biri sifatida baholanmoqda.
Shuningdek, bugun davlat rahbari “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi g‘oliblarini mukofotlash marosimida ham qatnashadi. Milliy kitobxonlik harakatiga start berish tadbiri ham rejalashtirilgan.
Prezident kun davomida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashadi.
Qaynoq24.uz Blatter AQShda o‘tkaziladigan JCH-2026’ni boykot qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani haqida yozgan edi.

