Farg‘onada qalbaki alkogol ishlab chiqarilgan yashirin sex aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona viloyatida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.X. 300 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan, qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini 5,1 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida ushbu mahsulotlarni A.X.ga fuqarolar M.X. va Yu.E. yetkazib bergani aniqlangan. Shundan so‘ng Yu.E.ning Dang‘ara tumani, “Aravon” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilgan. U yerda yashirin sex tashkil etilgani ma’lum bo‘lgan.

Sexdan 24 932 dona qopqoq, 18 402 dona etiketka va 4 270 dona plastik paket ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, 1 590 dona bo‘sh shisha idish, 957 dona QR kod va 800 dona qalbaki aksiz marka topilgan. Bundan tashqari, 627 dona alkogol mahsuloti, 440 litr spirt va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa vositalar ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ish qalbaki aksiz markalar tayyorlash va alkogol mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarish hamda muomalaga kiritish holatlari bo‘yicha tergov qilinmoqda. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.