O‘zbekistonda qurilish hujjatlari va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi normativ aktlarni ishlab chiqish qiymatini aniqlashning yagona tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, milliy qurilish normalari, smeta-resurs normalari hamda standartlarni ishlab chiqish, qayta ishlash va ularga o‘zgartirish kiritish qiymatini hisoblash mexanizmlari belgilab berildi.
Endilikda bunday hujjatlarning qiymati ularning turi, murakkablik darajasi, hajmi, shuningdek zarur hollarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hisobga olingan holda yagona formula asosida aniqlanadi.
Normativ hujjatlar yangi ishlab chiqish, qayta ishlash yoki ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklida tayyorlanadi. Qiymatni hisoblashda standart sahifa, formula, jadval va chizmalar hajmi inobatga olinadi.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, standart sahifa A4 formatdagi sahifa bo‘lib, unda bo‘sh joylar va tinish belgilarini hisobga olmagan holda kamida 1800 ta belgi hajmidagi matn bo‘lishi kerak.
Qaynoq24.uz qurilish kompaniyalarining soliq qarzdorligi haqida yozgan edi.


