8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Foto: Pexels/ Dmitriy Tarasenko
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yettita hududda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Eng yirik holat Urgut tumanida qayd etildi. “U.S.” MCHJ mas’ullari bozordagi elektr hisoblagichlarga tashqi ta’sir o‘tkazgan. Natijada ular 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida ham yirik holat aniqlangan. “A.A.” MCHJ mas’ullari suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan. Zarar miqdori 3,1 mlrd so‘m deb baholangan.

Qibray tumanida “Z.S.” MCHJ 279,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Ohangaron shahrida esa “P.P.” MCHJ bo‘yicha 180,5 mln so‘mlik holat aniqlangan. Bundan tashqari, Buvayda, Norin va Olmazor tumanlarida ham shunday holatlar qayd etildi. Ularda ustaxona, xonadon va ovqatlanish shoxobchasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Andijon va Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.