O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 19 mingdan oshdi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 19 mingdan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatiga ularning umumiy soni 19 072 taga yetgan.

Shundan 4,3 mingtasi qo‘shma korxonalar, 14,6 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi. So‘nggi besh yil ichida bunday korxonalar soni 1,4 barobarga oshgan.

Ayni paytda xorijiy korxonalar ulushi ham sezilarli darajada ko‘paygan. Ilgari ularning ulushi 55,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 77 foizga yetgan. Eng ko‘p korxonalar Xitoy kapitali ishtirokida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Rossiya va Turkiya ham yetakchi davlatlar qatorida qolmoqda. Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Afg‘oniston ishtirokidagi korxonalar soni ham yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Jadval:

DavlatKorxonalar soni
Xitoy5 398
Rossiya3 260
Turkiya2 186
Qozog‘iston1 240
Janubiy Koreya714
Afg‘oniston655
Ozarbayjon442
Tojikiston427
BAA425
Hindiston398

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda aholi soni 38,4 mlnga yetgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.