Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Deparatment
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni ishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u tibbiyot birlashmasida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar S.E. va M.O.ni farrosh lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 1 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shunga o‘xshash yana bir holat Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida aniqlangan. Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy shifokorlik punkti mudiri Q.L. ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, u fuqaro Z.X.ni oilaviy shifokorlik punktiga hamshira lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz nashri Surxondaryoda 302,5 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.