O‘zbekistonda 2 oyda 3,7 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarildi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar–fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,7 trln so‘mlik lektr uskunalar ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yuqori.

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Bu yerda 2,2 trln so‘mlik elektr uskunalar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 740,3 mlrd so‘mlik, Namangan viloyatida 234,6 mlrd so‘mlik, Samarqand viloyatida 177,1 mlrd so‘mlik hamda Andijon viloyatida 162,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Boshqa hududlarda ishlab chiqarish hajmi nisbatan past bo‘ldi. Jumladan, Jizzax viloyatida 90,9 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyatida 76,2 mlrd so‘m va Navoiy viloyatida 39,8 mlrd so‘m qayd etildi. Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida esa ko‘rsatkichlar bir necha milliard so‘m darajasida shakllangan.

Jadval:

HududIshlab chiqarish hajmi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi0,5 mlrd so‘m
Andijon viloyati162,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati1,7 mlrd so‘m
Jizzax viloyati90,9 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati1,2 mlrd so‘m
Navoiy viloyati39,8 mlrd so‘m
Namangan viloyati234,6 mlrd so‘m
Samarqand viloyati177,1 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati1 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati8,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati740,3 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati76,2 mlrd so‘m
Xorazm viloyati5,7 mlrd so‘m
Toshkent shahri2,2 trln so‘m

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda har 100 xonadonga 359 ta telefon to‘g‘ri kelgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.