O‘zbekistonda madaniy boyliklarni baholash tizimi joriy etildi. Adliya vazirligi yagona milliy baholash standartiga tegishli o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Yangi tartibga ko‘ra, 16-sonli “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” milliy standarti qabul qilindi. Unga asosan, milliy, tarixiy, badiiy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘char boyliklar qiymati aniqlanadi. Bu ro‘yxatga tasviriy va amaliy san’at asarlari ham kiradi.
Baholash jarayoni bir nechta usul asosida amalga oshiriladi. Xususan, qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari qo‘llaniladi. Eng muhim talab shundaki, obyektning madaniy boylik ekanini tasdiqlovchi san’atshunos ekspert xulosasi bo‘lishi shart.
Mazkur standart madaniy boyliklarni iqtisodiy muomalaga kiritish imkonini kengaytiradi. Endilikda bunday obyektlarni sotish, sotib olish, garovga qo‘yish va sug‘urtalash jarayonlari aniq qiymat asosida amalga oshiriladi.
Qaynoq24.uz dala chetlarida ekin ekilmasa jarima kuchaytirilishi haqida yozgan edi.

