Dala chetlarida ekin ekilmasa jarima kuchaytiriladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Endilikda O‘zbekistonda dala chetlarida ekin ekilmasa jarima kuchaytiriladi Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

13-aprel kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda ekin ekilmasa, ijarachilar javobgarlikka tortiladi. Endilikda bunday holatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima qo‘llanadi.

Shuningdek, yangi tartibga binoan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi har yili 1-mayga qadar ekin ekilmagan yerlar va ularning egalari haqida ma’lumotni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida ekin ekilmagan maydonlar uchun yer solig‘i uch baravar oshirilgan holda hisoblanadi.

Mazkur o‘zgarishlar yer resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va bo‘sh yotgan maydonlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qaynoq24.uz qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga normativ qiymat belgilash tartibi tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.