Markaziy bank tomonidan 14-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 508 ming so‘mni tashkil etdi.
Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadoq holatiga qarab 9 mln 138 ming so‘mdan 9 mln 46 ming so‘mgacha belgilangan. 10 grammli quymalar 19 mln 15 ming so‘mdan sotilmoqda. Banklar ularni 18 mln 277 ming so‘mdan yoki texnik holatiga qarab 18 mln 92 ming so‘mdan qaytarib sotib oladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 508 000 | 9 138 000 | 9 046 000 |
| 10 g | 19 015 000 | 18 277 000 | 18 092 000 |
| 20 g | 38 030 000 | 36 553 000 | 36 184 000 |
| 50 g | 95 075 000 | 91 383 000 | 90 460 000 |
| 100 g | 190 150 000 | 182 766 000 | 180 920 000 |
Markaziy bank qayd etishicha, narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasiga qarab kun davomida o‘zgarishi mumkin.
Qaynoq24.uz 14-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

