TECNO kompaniyasi tomonidan Tecno Spark 50 4G smartfonini rasman taqdim etildi. Yangi model protsessor quvvati bo‘yicha 5G variantdan oddiyroq bo‘lsa-da, kattaroq batareya va kengroq xotira variantlarini taklif qiladi.
Smartfon 6,78 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan. Ekran 720×1600 piksel va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Qurilma Helio G81 protsessori asosida ishlaydi va 4/128 GB, 6/128 GB hamda 8/256 GB xotira variantlarida taqdim etiladi.

Modelning asosiy ustunligi batareyasida. Qurilma 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan keladi va 18 Vt zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kameralar oddiy darajada: asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 8 MP.
Smartfonda IR-port mavjud bo‘lib, u orqali maishiy texnikani boshqarish mumkin. Shuningdek, FreeLink 2.0 texnologiyasi yordamida boshqa qurilmalar bilan aloqa bo‘lmaganda ham 1,5 km masofagacha ulanish imkoniyati bor.

Qurilma IP64 himoya darajasiga ega va bir nechta ranglarda taqdim etilgan. Narxi va sotuv boshlanish sanasi hozircha ochiqlanmagan.
Qaynoq24.uz Tecno kompaniyasining hayratlanarli batareyaga ega smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

