Xiaomi 17T smartfoni qachon taqdim etiladi

Foto: Notebookcheck
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan yangi sub-flagman — Xiaomi 17T smartfoni tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. Qurilma Geekbench bazasida paydo bo‘lib, uning asosiy texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon MediaTek Dimensity 8500 protsessori bilan jihozlanadi. Chip 3,40 GHz chastotali asosiy yadro, uchta yuqori unumdorlik yadrosi va to‘rtta energiya tejamkor yadrolardan iborat. Grafik qismi uchun Mali-G720 MC8 ishlatiladi.

Qurilma 12 GB tezkor xotira bilan keladi va Android 16 operatsion tizimida ishlaydi. Ustiga HyperOS 3 qobig‘i o‘rnatilishi kutilmoqda. Oldingi sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 17T 6,59 dyuymli 1.5K aniqlikdagi OLED displeyga ega bo‘ladi. Batareya sig‘imi aniq emas, ammo taxminan 7 000 mA/soat atrofida bo‘lishi va 67 W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Foto: You Tube

Kamera tizimida 32 MP old kamera bo‘lishi kutilmoqda. Orqa panelda esa 50 MP + 12 MP + 50 MP kombinatsiyadagi uch kamerali tizim bo‘lishi mumkin. Pro versiyada periskop telefoto kamera o‘rnatilishi, oddiy modelda esa standart telefoto modul bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, liniyada yana bir model — Xiaomi 17T Pro ham taqdim etilishi kutilmoqda. U yanada kuchliroq MediaTek Dimensity 9500 chipi va kattaroq displey bilan farq qiladi. Rasmiy taqdimot sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Qaynoq24.uz Xiaomi 18 Pro smartfoni qanday dizaynda chiqishi haqida yozgan edi. Xiaomi 18 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.