Markaziy bank 20 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi mart oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha bir qator moliyaviy tashkilotlarga nisbatan choralar ko‘rdi.

Ma’lum qilinishicha, oy davomida qo‘mita 7 marotaba yig‘ilish o‘tkazib, bank va nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga oid 29 ta masalani ko‘rib chiqqan. Natijada aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan.

Tekshiruvlar davomida prudensial normativlarga amal qilmagan 17 ta bank rasman ogohlantirilgan. Bundan tashqari, jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangani sabab 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Markaziy bank bu choralarni moliya bozorida tartib-intizomni kuchaytirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish bilan izohladi.

Qaynoq24.uz 14-aprel kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.