Redmi R70 5G va R70m 5G taqdim etildi

Foto: Redmi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xiaomi yangi Redmi R70 5G va Redmi R70m 5G smartfonlarini rasmiy saytda e’lon qildi. Qurilmalar hali sotuvga chiqmagan, ammo tez orada bozorga chiqishi kutilmoqda.

Yangi modellarning narxlari ham ochiqlandi. Redmi R70 5G 4/128 GB xotira bilan 1599 yuan, 8/256 GB versiyasi esa 2299 yuanga baholangan. Redmi R70m 5G esa 6/128 GB uchun 1799 yuan, 12/256 GB uchun 2599 yuan narxda taklif qilinadi.

Foto: Redmi

Ikkala smartfon ham Unisoc T8300 protsessori bilan ishlaydi. U 6 nm texnologiya asosida yaratilgan. Qurilmalarda LPDDR4x operativ xotira va UFS 2.2 doimiy xotira mavjud. Smartfonlar 6,9 dyuymli displeyga ega bo‘lib, 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kameralar oddiy darajada. Old kamera 8 MP, asosiy kamera esa 13 MP sensor bilan jihozlangan. Qurilmalar Xiaomi Hyper OS 3 operatsion tizimida ishlaydi. Batareya sig‘imi ham katta. Redmi R70 5G 6000 mA/soat, R70m 5G esa 6300 mA/soat akkumulyator bilan keladi. Ikkala model 15 Vt tezkor zaryadlash va 7,5 Vt teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonlar oq, qora, ko‘k va binafsha ranglarda taqdim etilgan. Kompaniya ularni yaqin kunlarda sotuvga chiqarishni rejalamoqda.

Qaynoq24.uz Redmi K90 Max sovitish tizimi sinovda raqobatchilarni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.