Markaziy bank tomonidan 22-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 27,11 so‘mga pasayib, 12 058,45 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi 51,62 so‘mga tushib, 13 818,98 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli 0,48 so‘mga arzonlab, 164,04 so‘mni, Britaniya funti esa 43,13 so‘mga pasayib, 15 959,36 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Yaponiya iyenasi 0,39 so‘mga tushib, 74,77 so‘m, Shveysariya franki 93,44 so‘mga arzonlab, 14 964,57 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 4,4 so‘mga pasayib, 1 781,34 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 19-iyun oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


