Markaziy bank tomonidan 15-iyul uchun oltin quymalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 mln 190 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammlisi 18 mln 381 ming so‘m, 20 grammlisi 36 mln 761 ming so‘m, 50 grammlisi esa 91 mln 903 ming so‘mdan sotilmoqda.
Oltin quymaning maxsus himoya qadog‘i but saqlangan bo‘lsa, 5 grammli quyma 7 mln 843 ming so‘mga, 10 grammlisi 15 mln 687 ming so‘mga, 20 grammlisi 31 mln 374 ming so‘mga qayta xarid qilinadi. Banklar 50 grammli quymani 78 mln 434 ming so‘mga, 100 grammli quymani esa 156 mln 869 ming so‘mga sotib oladi.
Qadog‘i buzilgan yoki belgilangan texnik talablarga mos kelmaydigan quymalar ekspertizadan o‘tkazilgach, pastroq narxda qabul qilinadi. Bunday holatda 5 grammli quyma 7 mln 764 ming so‘m, 10 grammlisi 15 mln 528 ming so‘m, 20 grammlisi 31 mln 57 ming so‘m, 50 grammlisi 77 mln 642 ming so‘m va 100 grammlisi 155 mln 284 ming so‘mga baholanadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish narxi |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 190 000 so‘m | 7 843 000 so‘m | 7 764 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 381 000 so‘m | 15 687 000 so‘m | 15 528 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 761 000 so‘m | 31 374 000 so‘m | 31 057 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 903 000 so‘m | 78 434 000 so‘m | 77 642 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 806 000 so‘m | 156 869 000 so‘m | 155 284 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 15-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


