Markaziy bank tomonidan 15-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 27,38 so‘mga arzonlab, 12 065,49 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi 69,91 so‘mga tushib, 13 754,66 so‘mga teng bo‘ldi. Rossiya rubli 1,47 so‘mga pasayib, 155,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, funt sterling 51,14 so‘mga arzonlab, 16 143,63 so‘mni, Yaponiya iyenasi esa 0,26 so‘mga pasayib, 74,39 so‘mni tashkil qildi.
Shveysariya franki 83,4 so‘mga tushib, 14 858,98 so‘mga tenglashdi. Xitoy yuani esa 4,33 so‘mga arzonlab, 1 780,04 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 14-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


