Markaziy bank tomonidaqn 14-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 mln 191 ming so‘mdan sotilmoqda.
Qadog‘i but holatda saqlangan 5 grammli quymani banklar 7 mln 824 ming so‘mga qaytarib sotib oladi. Qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan taqdirda, ekspertizadan so‘ng uning xarid narxi 7 mln 745 ming so‘mni tashkil etadi.
10 grammli oltin quyma narxi 18 mln 382 ming so‘m etib belgilandi. Uni qadog‘i but holatda 15 mln 647 ming so‘mga, qadoq shikastlangan holatda esa 15 mln 489 ming so‘mga qayta sotish mumkin.
20 grammli quymaning sotuv narxi 36 mln 764 ming so‘mga yetdi. Banklar bunday quymani qadog‘i but bo‘lsa 31 mln 295 ming so‘mga, qadoq buzilgan bo‘lsa texnik ekspertizadan keyin 30 mln 979 ming so‘mga xarid qiladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qayta sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qayta sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 191 000 so‘m | 7 824 000 so‘m | 7 745 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 382 000 so‘m | 15 647 000 so‘m | 15 489 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 764 000 so‘m | 31 295 000 so‘m | 30 979 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 909 000 so‘m | 78 237 000 so‘m | 77 447 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 818 000 so‘m | 156 475 000 so‘m | 154 894 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 14-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


