Markaziy bank tomonidan 7-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 68,15 so‘mga qimmatlab, 12 042,05 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi ham 44,26 so‘mga oshib, 13 744,80 so‘mga yetdi.
Funt sterling 70,52 so‘mga qimmatlab, 16 058,07 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 34,62 so‘mga ko‘tarilib, 14 940,51 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli 0,21 so‘mga oshib, 155,03 so‘mga, Xitoy yuani esa 7,46 so‘mga qimmatlab, 1 772,71 so‘mga yetdi.
Qaynoq24.uz 6-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


