Markaziy bank tomonidan 25-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 236 ming so‘mni tashkil etdi.
10 grammli oltin quyma 18 mln 472 ming so‘mdan, 20 grammlik quyma 36 mln 944 ming so‘mdan sotilmoqda. 50 grammli oltin quymaning sotish narxi 92 mln 359 ming so‘m, 100 grammli quymaniki esa 184 mln 719 ming so‘m etib belgilandi.
Qaytarib sotib olish narxlari quymaning qadog‘i holatiga qarab farqlanadi. Qadog‘i but holatda bo‘lgan 5 grammli oltin quyma 7 mln 697 ming so‘mdan, 10 grammli quyma 15 mln 393 ming so‘mdan, 20 grammli quyma esa 30 mln 786 ming so‘mdan qaytarib sotib olinadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish narxi |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 236 000 so‘m | 7 697 000 so‘m | 7 619 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 472 000 so‘m | 15 393 000 so‘m | 15 238 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 944 000 so‘m | 30 786 000 so‘m | 30 476 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 359 000 so‘m | 76 966 000 so‘m | 76 189 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 719 000 so‘m | 153 932 000 so‘m | 152 378 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 25-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


