Markaziy bank tomonidan 25-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa 69,76 so‘mga pasaydi va 13 642,88 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli 0,22 so‘mga arzonlab, 160,41 so‘mga tenglashdi.
Britaniya funti ham pasaydi. Uning kursi 55,19 so‘mga tushib, 15 843,35 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,12 so‘mga arzonlab, 74,34 so‘m bo‘ldi.
Shveysariya franki 34,79 so‘mga pasayib, 14 804,73 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani esa 5,97 so‘mga arzonlab, 1 765,62 so‘mga teng bo‘ldi.
Qaynoq24.uz 24-iyun kuni oltin quymalari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


