Markaziy bank tomonidan 21-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9,6 mln so‘mni tashkil etdi.
Uni qaytarib sotish narxi qadog‘i but holatda 9,23 mln so‘m, qadog‘i buzilganida esa 9,14 mln so‘m etib belgilandi. 10 grammli quymaning sotish narxi 19,2 mln so‘mga teng bo‘ldi. Bank uni but qadoqda 18,46 mln so‘mga, qadoq buzilgan bo‘lsa 18,28 mln so‘mga qayta sotib oladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9,6 mln so‘m | 9,23 mln so‘m | 9,14 mln so‘m |
| 10 g | 19,2 mln so‘m | 18,46 mln so‘m | 18,28 mln so‘m |
| 20 g | 38,4 mln so‘m | 36,93 mln so‘m | 36,56 mln so‘m |
| 50 g | 96,07 mln so‘m | 92,34 mln so‘m | 91,41 mln so‘m |
| 100 g | 192,14 mln so‘m | 184,68 mln so‘m | 182,82 mln so‘m |
Markaziy bank ta’kidlashicha, narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori holatiga qarab kun davomida o‘zgarishi mumkin.
Qaynoq24.uz 21-aprel kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

