O‘zbekistonda kripto-aktivlardan to‘lov sifatida foydalanishga ruxsat berildi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda kripto-aktivlardan to‘lov sifatida foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, barqaror tokenlar qiymati milliy yoki xorijiy valyutaga teng bo‘lgan kripto-aktiv turi hisoblanadi. Ushbu mexanizm orqali ularning narxi keskin o‘zgarib ketishi cheklanadi. Maxsus rejim doirasida O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin. Bu esa mamlakatda raqamli moliya infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu rejim asosida bir qator tajriba loyihalari amalga oshiriladi. Ular orasida milliy va xorijiy valyuta bilan ta’minlangan tokenlarni chiqarish, ularni O‘zbekiston hududida to‘lov vositasi sifatida qo‘llash va xalqaro pul o‘tkazmalarida foydalanish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, blokcheyn texnologiyasi asosida ishlaydigan yangi to‘lov tizimlarini yaratish ham rejalashtirilgan.

Qoidaga ko‘ra, barqaror tokenlarni chiqarishda faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqlarda saqlanadigan pul mablag‘lari ta’minot sifatida ishlatiladi. Kredit yoki qarz mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun ariza topshirish va hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni bepul amalga oshiriladi.

Qaynoq24.uz 10 mln so‘mdan ortiq aylanma ko‘rsatgan tadbirkorlar soni 84 mingtaga yetgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.