Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida 10 mln so‘mdan ortiq aylanma ko‘rsatgan tadbirkorlar soni 84 mingtaga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18% ko‘p.
2026-yil mart oyida “korxonabay” ishlash tizimi doirasida asosiy ko‘rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi. Soliq organlari har bir QQS to‘lovchiga alohida inspektor biriktirib, nazoratni kuchaytirdi. Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar haqidagi barcha ma’lumotlarni tahlil qiluvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirildi. Bu yashirin iqtisodiy faoliyatni aniqlash va hisob-kitoblarni shaffof qilishga xizmat qilmoqda.
79 mingta korxonada mehnatga haq to‘lash ulushi aylanmaga nisbatan 5%dan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich 23,5%ga o‘sdi. Rentabelligi 1%dan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 99,9 mingtani tashkil etdi. Bu 19,5%lik o‘sishni anglatadi.
Bir oyda kamida 1 mln so‘m QQS to‘laganlar soni 42,7 mingtaga yetdi. Bu 27,5%ga ko‘paygan. Aylanmaga nisbatan QQS ulushi 1%dan yuqori bo‘lganlar soni 75,5 mingni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 25,4%ga oshgan.
Eng muhim natija — budjetga tushumlar 8,3 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,3%ga ko‘p.
Qaynoq24.uz savdo sohasidagi korxonalar 2025-yilda 35 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagani haqida yozgan edi.

