Samarqandda noqonuniy mayning ferma fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samarqand viloyatida noqonuniy kripto-mayning faoliyati bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida fuqaro S.N. Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi uy yerto‘lasida yashirin mayning ferma tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. U yerda 5 to‘plamdan iborat kripto-aktivlar qazib olish uskunalari o‘rnatilgan. Ushbu qurilmalar umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Natijada jami 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi va 278-9-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda 920 mln so‘mlik noqonuniy tamaki to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.