Davlat buyurtmasidagi filmlar reklamasi uchun budjetning 30 foizigacha mablag‘ ajratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 1-sentabrdan davlat buyurtmasi asosida kino yaratish tartibi o‘zgaradi. Endi targ‘ibot va reklama xarajatlari uchun film budjetining 30 foizigacha mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, xarid shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish talabi bekor qilinadi. Bu kino ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi. Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bog‘liq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi. Bu orqali mamlakatga xorijiy kinoijodkorlar va investitsiyalarni ko‘proq jalb etish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablag‘ning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga beriladi. Bu mablag‘ qo‘shimcha rag‘bat sifatida yo‘naltiriladi.

“Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini oshirish uchun ham qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Tadbirni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida har yili 5 mlrd so‘mdan yo‘naltiriladi.

Yig‘ilishda Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar faoliyati ham tanqid qilindi. Ular hanuz eskicha boshqaruv va samarasiz nazorat tizimidan voz kecha olmayotgani qayd etildi.

Shu bois, sohada ijodiy erkinlik va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ushbu komissiya va kengashlar faoliyati tugatiladi. Endi kinoning har bir janri va mavzusidan kelib chiqib, alohida ekspert guruhlari tuziladi. Ular tegishli soha mutaxassislaridan shakllantiriladi va ularning mehnatiga haq to‘lanadi.

Ekspert guruhlariga O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi va Bastakorlar uyushmasi tavsiya qilgan mutaxassislar kiritiladi.

Qaynoq24.uz Nilufar Usmonova bolaligida qo‘shnilarnikida ovqatlanganini aytgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.