Farg‘ona va Samarqandda kredit ajratish evaziga pul talab qilgan bank xodimlari ushlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kredit ajratib berish evaziga pul talab qilgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat banki bank xizmatlari markazi boshlig‘i ushlangan.

U tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning ishonchiga kirgan. Unga 2,5 mlrd so‘m kredit ajratib berish evaziga ushbu mablag‘ning 5 foizi, ya’ni 125 mln so‘mni oldindan berishni talab qilgani aytilmoqda. Bank xodimi ushbu pul hisobidan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir tijorat banki bank xizmatlari markazi boshlig‘i ushlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u korxona rahbariga 75 ming dollar kredit ajratib bergani evaziga olgan 2 150 dollarining bir qismini — 10,7 mln so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Surxondaryo va Buxoroda ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.