Namanganda 920 mln so‘mlik noqonuniy tamaki to‘xtatildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Namangan viloyatida yirik hajmdagi noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro B.N. qo‘lga olindi. U tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Aniqlanishicha, u “KIA BONGO” yuk avtomobilida 60 ming quti tamaki olib ketayotgan bo‘lgan. Mahsulotlar “Milano London” va “Oris Change” brendlariga tegishli.

Ularning umumiy qiymati 920 mln so‘mni tashkil etadi. Tamakilar aktsiz markasiz bo‘lgan. Fuqaro mahsulotlarni Chust tumani “Toshqo‘rg‘on” MFY hududidagi uyga olib kelayotgan vaqtda ushlangan. Barcha tamaki mahsulotlari dalil sifatida musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Ohangaron va Jomboyda elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.