AQSH Eronga qarshi yangi “Iqtisodiy g‘azab” kampaniyasini boshladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Pit Hegset ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “Iqtisodiy g‘azab” deb nomlanadi va Tehronga maksimal bosim o‘tkazishga qaratilgan. Asosiy maqsad Eronni oqilona qaror qabul qilishga majbur qilishdan iborat.

Hegset ta’kidlashicha, AQSH Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent hamda idora mutaxassislari ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda. Unga ko‘ra, iqtisodiy bosim yanada kuchaytiriladi. Vazirning aytishicha, AQSH harbiylari avval ham yirik jangovar operatsiyalardan global blokadaga o‘tish tajribasiga ega. Zarur holda bu kabi ssenariy yana tez va yanada kuchliroq shaklda takrorlanishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, mazkur operatsiya Eronga nisbatan bosimni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli bor.
Qaynoq24.uz AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasi ortidan Eronn neft eksporti jiddiy bosim ostida qolgani haqida yozgan edi.

