Samsung Galaxy Z Fold8 qanday dizaynda chiqadi

Foto: Ica Universe
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Samsung kompaniyasining yangi bukiladigan smartfoni Samsung Galaxy Z Fold8 Wide haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Fold seriyasida dizaynni o‘zgartirishi mumkin. Yangi model odatdagidan kengroq korpus va tashqi ekran bilan taqdim etiladi. Bu esa foydalanuvchilar uchun qurilmani yopiq holatda ham qulayroq ishlatish imkonini beradi.

Oldingi Fold modellari tashqi ekran torligi sabab tanqid qilingan edi. Shuningdek, ochiq holatda video tomosha qilishda yuqori va pastda qora chiziqlar qolishi ham muammo bo‘lib kelgan. Yangi keng format ushbu kamchiliklarni kamaytirishi kutilmoqda.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, smartfon 5,4 dyuymli tashqi ekran va 7,6 dyuymli ichki displeyga ega bo‘ladi. Diagonal biroz kichrayganiga qaramay, kenglik oshgani sabab foydalanish qulayligi ortadi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen5 protsessori asosida ishlashi kutilmoqda. Batareya sig‘imi 5000 mA/soat bo‘ladi. 45 Vt tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra qanday kamchiliklarga egaligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.