Samarqand va Buxoroda 87,6 mln so‘mlik qalbaki aksizli mahsulotlar aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Samarqand va Buxoro viloyatlarida qalbaki aksizli alkogol mahsulotlari hamda hujjatsiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritish holatlarining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Urgut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mas’ul shaxs savdo do‘konlarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va qalbaki aksiz markali mahsulotlarni sotuvga qo‘ygani aniqlangan.

Xususan, “Pochvon” va “Do‘stlik” MFY hududlaridagi savdo do‘konlaridan umumiy qiymati 64,8 mln so‘mlik 1 234 dona alkogol hamda 670 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shunga o‘xshash holat Buxoro viloyatida ham qayd etildi. Departamentning Kogon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshmasjid” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilgani fosh etilgan.

Ushbu do‘kondan umumiy qiymati 22,8 mln so‘mlik 22 turdagi 259 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha jami 87,6 mln so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash hamda ularni o‘tkazish, shuningdek, etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarishga oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.