Markaziy bank tomonidan 29-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 4,23 so‘mga arzonlab, 12 009,29 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa 49,24 so‘mga oshib, 13 699 so‘mga yetdi. Funt sterling ham qimmatlashdi — uning qiymati 36,45 so‘mga ko‘tarilib, 15 877,48 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli 5,21 so‘mga pasayib, 154,74 so‘mni tashkil qildi. Xitoy yuani ham 0,62 so‘mga arzonlab, 1 766,54 so‘m bo‘ldi.
Shu bilan birga, Yaponiya iyenasi 0,07 so‘mga oshib, 74,31 so‘mni, Shveysariya franki esa 55,21 so‘mga qimmatlashib, 14 859,30 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 26-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


