Ko‘p qavatli uylarda tozalash haftasiga 1 marta bo‘ladi

Foto: Unsplash / De an Sun
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari endi haftasiga kamida bir marta tozalanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, har bir uy uchun boshqaruv organi umumiy texnik pasport yuritadi. Unda bino holati va muhandislik tizimlari haqida ma’lumotlar jamlanadi.

Boshqaruv organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kameralar va domofonlarni soz holatda saqlashi shart. Shuningdek, zarur xo‘jalik jihozlari va materiallarni xarid qiladi. Uylarning umumiy hududlarida reklama va e’lonlar faqat mulkdorlar yig‘ilishi qarori bilan joylashtiriladi. Shovqin darajasi esa sanitariya me’yorlaridan oshmasligi kerak.

Zinapoya, lift, chiqindi joylari va boshqa hududlar zaruratga qarab dezinfeksiya qilinadi. Agar yer osti qismida avariya sabab suv to‘plansa, u 24 soat ichida bartaraf etilishi lozim. Shuningdek, liftlar muntazam tekshirilib, ularning ishlashi doimiy nazorat qilinadi.

Qaynoq24.uz uy-joy bozorida bitimlar 47 foizga oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.