I chorakda 859 mln dona elektron chek berildi

Foto: Unsplash / Towfiqu barbhuiya
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil boshidan chakana savdo va xizmatlar sohasida 859,2 mln dona elektron chek taqdim etildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Umumiy hisobda 50,5 trln so‘mlik operatsiyalar qayd etilgan. Cheklarning asosiy qismi sotuv operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Ularning hajmi 37,7 trln so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 11,2 trln so‘mlik bo‘nak cheklar rasmiylashtirilgan. Kredit asosidagi cheklar hajmi esa 962,5 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Maxsus QR tizim orqali 3,6 trln so‘mlik 16,4 mln chek fiskallashtirilgan. Xaridorlarga 362,2 mln dona chek uchun 205,7 mlrd so‘m keshbek hisoblab berilgan. Ayni paytda tizimga ulangan marketpleyslar soni 245 taga yetgan.

Qaynoq24.uz soliq qoidabuzarliklari bo‘yicha 33 mingga yaqin murojaat kelib tushgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.