1-iyundan kafe va restoranlarga alkogol hamda tamaki mahsulotlari uchun naqd savdoga ruxsat beriladi

Foto: SI
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

1-iyundan kafe va restoranlarga alkogol hamda tamaki mahsulotlari uchun naqd savdoga ruxsat beriladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Bu xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun muhim yengillik bo‘ladi. Avval bunday savdo to‘lovlari bo‘yicha cheklovlar mavjud edi. Farmon bilan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq yengilligi ham nazarda tutilgan. Ularga to‘langan QQSning 40 foizi qaytarib beriladi.

Xodimlarni rasmiylashtirish jarayoni ham soddalashadi. Kafe yoki restoranga qisqa muddatga ofitsiant yoki oshpaz kerak bo‘lsa, uni tez rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Buning uchun mehnat organlarining mobil ilovasidan foydalaniladi. Xodim muayyan muddatga shu kunning o‘zida rasmiylashtiriladi.

Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun yana bir o‘zgarish bor. Ularga tutash hududlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi yer solig‘ining bir baravari miqdorida belgilanadi. Bu tartib tadbirkorlarga xarajatlarni oldindan aniqroq rejalashtirish imkonini beradi.

2027-yildan boshlab kichik biznes uchun yana bir yengillik kuchga kiradi. Ular buxgalteriya tashkilotlari va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki baravar miqdorda hisobga olishi mumkin bo‘ladi.

Farmon kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. U xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Qaynoq24.uz chet elliklar maxsus soliq rejimi uchun 50 ming dollar to‘lashi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.