Jazoir terma jamoasining JCH-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi. Ro‘yxatdan darvozabonlar, himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilar o‘rin olgan. Tarkibda tajribali futbolchilar bilan birga yosh o‘yinchilar ham bor.
Jamoa safida Riyod Mahrez, Amine Guiri, Nabil Bentaleb, Husem Auar va Yassin Titraui kabi futbolchilar bor. Darvozabonlar qatoridan esa Luka Zidan ham joy oldi.
Jazoir terma jamoasi mundialda kuchli raqobat ko‘rsatishni maqsad qilgan. Tarkibning asosiy qismi Yevropa va boshqa chempionatlarda to‘p suradigan futbolchilardan iborat.

Tarkib:
| Pozitsiya | Futbolchilar |
|---|---|
| Darvozabonlar | Luka Zidan, Ussama Benbot, Melvin Mastil, Abdellatif Ramdan |
| Himoyachilar | Rafik Belghali, Samir Shergui, Rayan Ayt-Nuri, Jaouen Hadjam, Aissa Mandi, Rami Bensebayni, Zineddin Belayd, Ashraf Abada, Muhammad Amin Tugai |
| Yarim himoyachilar | Nabil Bentaleb, Hisham Budaui, Husem Auar, Fares Shaibi, Ibrohim Maza, Yassin Titraui, Ramiz Zerruki |
| Hujumchilar | Muhammad Amin Amura, Nodir Benualli, Odil Bulbina, Fares G‘edjemis, Amine Guiri, Anis Hadj Mussa, Riyod Mahrez |
Jazoir tarkibida eng ko‘p e’tibor Riyod Mahrezga qaratilishi mumkin. U terma jamoaning eng tajribali futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Rayan Ayt-Nuri, Amine Guiri va Ibrohim Maza kabi futbolchilar jamoaga hujum va tezkor o‘yinlarda yordam berishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston milliy tema jamoasi JCH uchun AQShga jo‘nab ketgani haqida yozgan edi.


