3-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 3-iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli ham bor. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Ba’zi vaqtlarda 12-15 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol ba’zi hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq ham kuzatiladi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Momaqaldiroq vaqtida shamol 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.