Eron prezidenti iste’foga chiqqani haqidagi xabarlar rad etildi

Foto: Anadolu
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Eron prezidenti ma’muriyati Mas’ud Pezeshkiyan iste’foga chiqqani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Mas’ud Pezeshkiyan ma’muriyati kommunikatsiyalar departamenti rahbari o‘rinbosari Mehdi Tabotaboi ma’lum qildi.

Tabotaboi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu da’volarga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Pezeshkiyan xalqqa xizmat qilish yo‘lidan qaytmaydi. U prezident iste’fosi haqidagi xabarlarni ayrim xorijiy OAVlarning “o‘yinlari” davomi deb atadi. Tabotaboi bunday xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Eron xalqi birlik va hamjihatlikdan voz kechmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eronliklarning milliy birligini buzishga urinishlar natija bermaydi.

Avvalroq ayrim manbalarda Mas’ud Pezeshkiyan iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Rasmiy Tehron esa bu ma’lumotlarni inkor qildi.

Qaynoq24.uz Mas’ud Pezeshkiyan internetga kirishni tiklashni buyurgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.