Yevropa Ittifoqi arzon posilkalar uchun yig‘im joriy etdi: Temu va AliExpress ham bor

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yevropa Ittifoqi 1-iyuldan boshlab xorijiy internet-do‘konlardan buyurtma qilingan arzon tovarlar importiga yangi yig‘im joriy qildi. Endi qiymati 150 yevrogacha bo‘lgan posilkalarda har bir tovar toifasi uchun 3 yevrodan to‘lov olinadi.

Yangi tartib Shein, Temu va AliExpress kabi xorijiy, jumladan Xitoy platformalari bilan bog‘liq “insofsiz raqobat”ga qarshi kurashish maqsadida kiritildi. Yevrokomissiya fikricha, bu choralar Yevropa sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan mahsulotlar oqimini kamaytirishga ham yordam beradi.

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 150 yevrogacha bo‘lgan posilkalar soni so‘nggi yillarda keskin oshgan. 2022-yilda bunday jo‘natmalar 1,4 mlrd dona bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda 5,8 mlrd donaga yetgan. Bryusselda bojxona xizmatlari bunday hajmdagi tovarlarni to‘liq tekshirishga ulgurmayotgani ta’kidlanmoqda.

2025-yilda o‘tkazilgan tekshiruvda import qilinayotgan o‘yinchoqlar, kosmetika va elektronika kabi mahsulotlarning 60 foizdan ortig‘i xavfsizlik talablariga javob bermagani yoki taqiqlangan komponentlar saqlagani aniqlangan.

Yangi qoidaga ko‘ra, agar posilkada uch xil toifadagi mahsulot bo‘lsa, xaridor 9 yevro to‘laydi. Barcha mahsulotlar bir toifaga kirsa, yig‘im 3 yevroni tashkil etadi.

Qaynoq24.uz Nikol Pashinyan Armanistonning YIga kirishi bo‘yicha referendum shartini aytgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.