O‘zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha $17 mlrdlik dastur ishlab chiqiladi. Dastur doirasida 350 dan ortiq loyiha ishga tushiriladi.
Loyihalar suvda eriydigan o‘g‘itlar, polimerlar, maishiy va noorganik kimyo yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ular sohada yangi texnologiyalar va zamonaviy ishlab chiqarishlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Bu loyihalar hisobiga nanokimyo, “yashil” kimyo va super-molekulyar kimyo bo‘yicha kadrlarga talab oshadi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida kimyoviy modellashtirish yo‘nalishi ham rivojlantiriladi. Shu maqsadda kimyo bo‘yicha kadr tayyorlaydigan 35 ta oliygoh professor-o‘qituvchilari loyihalarga biriktirildi. Kafedra mudirlari ham ushbu jarayonga jalb qilindi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash sanoat ehtiyojlariga moslashtiriladi. Bunda yangi loyihalar uchun zarur mutaxassislarni yetishtirishga e’tibor qaratiladi.
Qaynoq24.uz FVV faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom tasdiqlangani haqida yozgan edi.


