Realme 8000 mA/soat batareyali Realme P4R 5G smartfonini taqdim etadi

Foto: Realme
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Realme kompaniyasi Hindistonda Realme P4R 5G modelini 10-iyun kuni namoyish qiladi. Bu haqda Gizmochina xabar berdi.

Taqdimot Hindiston vaqti bilan soat 12:00 da o‘tkaziladi. Smartfon sotuvga chiqqach, Flipkart hamda Realme’ning rasmiy onlayn do‘koni orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi. Realme P4R 5G Titanium Glare, Silver Glare va Lavender Glare ranglarida taklif etiladi. Qurilma Floating Light deb nomlangan yangi dizayn bilan chiqadi.

Smartfonda sozlanadigan Pulse Light va AI Power Light tizimi ham bo‘ladi. Bu yorug‘lik elementlari qo‘ng‘iroqlar, musiqa, o‘yinlar va bildirishnomalar uchun vizual signal beradi. Modelning eng asosiy jihati 8000 mA/soat sig‘imli batareyasi bo‘ladi. Realme’ning ta’kidlashicha, bunday akkumulyator bir quvvat bilan uch kungacha ishlash imkonini beradi.

Foto: Realme

Smartfon 45 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Unda bypass charging, teskari quvvatlash, AI asosidagi energiya boshqaruvi va batareya salomatligini saqlash tizimi ham mavjud. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya salomatligi bir necha yillik foydalanishdan keyin ham 80 foizdan yuqori darajada saqlanishi mumkin.

Realme P4R 5G issiqlikni boshqarish uchun 5300 kvadrat millimetrli bug‘ kamerali sovitish tizimi bilan jihozlanadi. Bu og‘ir vazifalar va o‘yinlar vaqtida qurilmaning barqaror ishlashiga yordam beradi.

Smartfon MediaTek Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi. U Android 16 asosidagi Realme UI 7.0 interfeysi bilan taqdim etiladi. Qurilma 256 GB ichki xotira va 14 GB gacha Dynamic RAM imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar kundalik foydalanish va ko‘p vazifali rejim uchun yetarli darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Realme P4R 5G harbiy darajadagi MIL-STD-810H chidamlilik sertifikatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, u IP65 himoya darajasi bilan chang va suv sachrashidan himoyalanadi. Smartfon tekis ekran bilan jihozlanadi. Displey 144 Hz yangilanish chastotasi va 1200 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera qismida qurilma ikkita orqa kameraga ega bo‘ladi. Asosiy kamera 50 megapikselli AI sensor bilan jihozlanadi.

Qaynoq24.uz Realme 16 smartfonlarining narxi nega qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.