Infinix yangi Infinix Hot 70 Pro 5G smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bun haqda Gizmochina xabar berdi. Qurilma Hindiston bozorida yaqin oylarda namoyish qilinishi mumkin.
Avvalroq kompaniya haroratga sezgir orqa panelga ega Infinix Hot 70 modelini taqdim etgan edi. U 4G smartfon sifatida chiqarilgan. Endi esa brend ushbu modelning 5G versiyasi ustida ishlayotgani aytilmoqda.
PassionateGeekz ma’lumotiga ko‘ra, Infinix Hot 70 Pro 5G Hindistonda sotuvga chiqishga tayyorlanmoqda. Smartfon 6,76 dyuymli HD+ ekran bilan jihozlanishi kutilmoqda. Displeyda selfi kamera uchun teshikcha bo‘ladi. Old kameraning aniqligi 8 MP bo‘lishi aytilmoqda. Orqa tomonda esa 50 MP asosiy kamera joylashadi.
Modelning muhim jihatlaridan biri Dot Matrix displey bo‘ladi. Bu orqa paneldagi kichik qo‘shimcha ekran bo‘lib, bildirishnomalar va tezkor ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Infinix bunday yechimdan avval ham ayrim modellarida foydalangan. Qurilmada qo‘shaloq chaqnoq ham bo‘lishi kutilmoqda.
Hozircha 5G versiyada Hot 70 4G‘dagi kabi haroratga sezgir orqa panel bo‘lishi yoki yo‘qligi noma’lum. Smartfon MediaTek Dimensity 7100 5G chipi asosida ishlashi aytilmoqda. U 8 GBgacha tezkor xotira va 256 GBgacha ichki xotira bilan taklif qilinishi mumkin.
Infinix Hot 70 Pro 5G Android 16 asosidagi XOS 16 interfeysi bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Akkumulyator sig‘imi 6000 mA·soat bo‘lishi mumkin. Qurilma 45 wattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu ko‘rsatkichlar smartfonni kundalik foydalanish uchun qulay variantga aylantirishi mumkin. Infinix hozircha model haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Manbalarga ko‘ra, Hot 70 Pro 5G Hindistonda iyul yoki avgust oyida taqdim etilishi mumkin.
Hot 70 4G Bangladeshda 4/128 GB versiyada 18 999 taka narxda chiqarilgan edi. Bu taxminan $155 ga teng. 6/128 GB versiya narxi taxminan $180, 8/128 GB varianti esa $210 atrofida bo‘lgan.
Qaynoq24.uz Infinix HOT 70 smartfoni haqida yozgan edi.


