Realme kompaniyasi Hindistonda P seriyasidagi yangi Realme P4R 5G smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Modelning asosiy jihatlari qatoriga 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 144 Hz ekran va MediaTek Dimensity 6300 protsessori kiradi. Realme P4R 5G 6,8 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan. Ekran HD+ aniqlikka ega bo‘lib, 1570×720 piksel tasvir sifatini ta’minlaydi. Displeyning yangilanish chastotasi 144 Hz gacha yetadi, yuqori yorqinlik rejimida esa maksimal ko‘rsatkich 1200 nitni tashkil qiladi. Ekran Panda-1681 himoya oynasi bilan qoplangan.
Smartfon MediaTek Dimensity 6300 chipi asosida ishlaydi. Qurilmada LPDDR4X tezkor xotira va UFS 2.2 turidagi ichki xotira qo‘llangan. Xaridorlar 4/128 GB, 6/128 GB va 6/256 GB xotira talqinlarini tanlashi mumkin. Shuningdek, xotirani kengaytirish imkoniyati ham mavjud.
Kamera qismida Realme P4R 5G 50 MP asosiy modulga ega. Kamera avtofokusni qo‘llab-quvvatlaydi. Old tomonda selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun 8 MP kamera joylashgan. Kamera ilovasida tungi rejim, Street Mode, Cinematic Video, Dual-view Video, Time-lapse, Pro Mode, Tilt-shift va Google Lens integratsiyasi mavjud.
Ustunliklari

Modelning eng muhim ustunliklaridan biri 8000 mA/soat sig‘imli batareyadir. Bu ko‘rsatkich smartfonni o‘z segmentidagi eng katta akkumulyatorga ega qurilmalardan biriga aylantiradi. Qurilma 45 vattli SUPERVOOC tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u VOOC, PD, QC va PPS quvvatlash protokollari bilan ham mos keladi.
Realme P4R 5G yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, yuz orqali qulfdan chiqarish, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3, USB Type-C porti, OTG va ikki SIM-kartali 5G qo‘llab-quvvatlashi bilan jihozlangan.
Smartfon o‘lchamlari 166,4×78,2×8,8 mm, vazni esa taxminan 224 grammni tashkil qiladi. Qurilma chidamlilik bo‘yicha MIL-STD-810H harbiy standartiga mos sertifikatga ega. Shuningdek, IP65 darajasida chang va sachrashdan himoya ham ko‘zda tutilgan.

Realme P4R 5G Hindistonda uch xil rangda — Lavender Glare, Titanium Glare va Silver Glare talqinlarida sotuvga chiqariladi. 4/128 GB versiya 18 999 rupiy, ya’ni taxminan $200, 6/128 GB talqin 20 999 rupiy yoki $220, 6/256 GB versiya esa 22 999 rupiy, ya’ni taxminan $240 narxda baholangan.
Start aksiyasi doirasida xaridorlarga 2000 rupiy bank chegirmasi va uch oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati taklif etiladi. Chegirma qo‘llangach, smartfon narxlari mos ravishda 16 999, 18 999 va 20 999 rupiygacha pasayadi. Ushbu taklif sotuv boshlangan dastlabki 12 soat davomida amal qiladi.
Realme P4R 5G‘ning ilk savdosi 17-iyun kuni Flipkart va Realme’ning rasmiy onlayn do‘koni orqali boshlanadi.
Qaynoq24.uz Realme 8000 mA/soat batareyali Realme P4R 5G smartfonini taqdim etishi haqida yozgan edi.


