Markaziy bank tomonidan 11-iyun uchun oltin quymalrining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quyma aholiga 9 mln 240 ming so‘mdan sotilmoqda.
Markaziy bank ma’lumotida oltin quymalarni qayta sotib olish narxlari ularning qadoq holatiga qarab farqlanishi qayd etilgan. Qadog‘i but holatda bo‘lgan quymalar yuqoriroq narxda, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan quymalar esa texnik ekspertizadan so‘ng nisbatan pastroq narxda qaytarib sotib olinadi.
5 grammlik oltin quyma uchun sotish narxi 9 mln 240 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Ushbu quyma qadog‘i but holatda 7 mln 989 ming so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 7 mln 908 ming so‘mdan qaytarib sotib olinadi.
10 grammlik oltin quymaning sotish narxi 18 mln 479 ming so‘m etib belgilangan. Markaziy bank uni qadog‘i but bo‘lsa 15 mln 978 ming so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa 15 mln 816 ming so‘mdan sotib oladi.
20 grammlik oltin quyma 36 mln 959 ming so‘mdan sotilmoqda. Uning qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 31 mln 955 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda 31 mln 633 ming so‘mni tashkil etadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos bo‘lmagan holatda qaytarib sotib olish narxi |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 240 000 so‘m | 7 989 000 so‘m | 7 908 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 479 000 so‘m | 15 978 000 so‘m | 15 816 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 959 000 so‘m | 31 955 000 so‘m | 31 633 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 396 000 so‘m | 79 889 000 so‘m | 79 082 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 793 000 so‘m | 159 777 000 so‘m | 158 163 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 11-iyuun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


