16-iyun kuni oltin quymalar qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 16-iyun kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining sotish narxi 9 249 000 so‘mni tashkil etdi.

Ushbu quymani qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 271 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa texnik ekspertizadan so‘ng 8 188 000 so‘m etib belgilangan.

10 grammlik oltin quymasi 18 497 000 so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank uni qadog‘i but holatda 16 542 000 so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa 16 375 000 so‘mdan qaytarib sotib oladi.

20 grammlik quymaning sotish narxi 36 994 000 so‘mni tashkil qilmoqda. Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 33 084 000 so‘m, texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 32 750 000 so‘mni tashkil etadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish narxi — qadog‘i but holatdaQaytarib sotib olish narxi — qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa
5 gramm9 249 000 so‘m8 271 000 so‘m8 188 000 so‘m
10 gramm18 497 000 so‘m16 542 000 so‘m16 375 000 so‘m
20 gramm36 994 000 so‘m33 084 000 so‘m32 750 000 so‘m
50 gramm92 486 000 so‘m82 711 000 so‘m81 875 000 so‘m
100 gramm184 972 000 so‘m165 422 000 so‘m163 751 000 so‘m

Markaziy bank izohiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 16-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.