Samsung kompaniyasining navbatdagi o‘rta toifadagi smartfoni — Samsung Galaxy A27 5G haqidagi yangi renderlar internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizchina xabar bermoqda. Ularda qurilmaning dizayni va ayrim texnik xususiyatlari ko‘rinish bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A27 5G uch xil rangda taqdim etiladi: Navy Blue, Graphite Black va Soft Pink. Renderlardan ko‘rinishicha, Samsung yangi modelda Galaxy A seriyasiga xos tanish dizayn uslubini saqlab qolgan. Shu bilan birga, rang variantlari orqali qurilmaga biroz yangicha ko‘rinish berilgan.
Smartfon 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi aytilmoqda. Bu sig‘im kundalik foydalanish, video tomosha qilish va media kontent iste’moli uchun yetarli avtonomlik ta’minlashi kutilmoqda. 5000 mA·soat batareya Samsung‘ning o‘rta segmentdagi modellari uchun odatiy ko‘rsatkichga aylangan.

Hozircha Galaxy A27 5G‘ning boshqa texnik xususiyatlari to‘liq oshkor qilinmagan. Biroq qurilma arzonroq 5G smartfonlar qatoridan joy olishi kutilmoqda.
Yangi model Samsung‘ning Galaxy A seriyasidagi navbatdagi ommabop smartfonlaridan biri bo‘lishi mumkin. Qurilma haqida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdimot sanasi yaqinlashgani sari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S24 seriyasi iyun oyidagi xavfsizlik yangilanishini ola boshlagani haqida yozgan edi.


